» » Facebook asoschisi kelajakda AQShdagi saylovlarga aralashish holatiga yo‘l qo‘ymaydi

Facebook asoschisi kelajakda AQShdagi saylovlarga aralashish holatiga yo‘l qo‘ymaydi


Facebook kompaniyasi asoschisi Mark Sukerberg kelgusida AQShda bo‘lib o‘tadigan saylov jarayonlariga o‘zi yaratgan ijtimoiy tarmoq orqali aralashuvga yo‘l qo‘ymaslikka jiddiy kirishdi, deb xabar beradi “TASS”.

Sukerberg mazkur qarorini investorlar bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

“Men avval ham aytgandim, rossiyaliklar bizning vositamizda shubha tarqatishga urindi, bundan g‘azabdaman. Ularning ishi notog‘ri. Men bu borada jiddiyman”, — deydi Sukerberg.

Facebook asoschisi shuningdek, kompaniya xavfsizlik bo‘limiga yana 20 ming kishini ishga olishni rejalashtirayotganini ham ma’lum qildi. U kelgusida kongress va razvedka bilan hamkorlikda ish yuritishini ham aytib o‘tgan.

AQSh kongressida bir necha kundan beri go‘yoki bir necha Rossiya strukturalari tomonidan soxta akkauntlar orqali ijtimoiy tarmoqda siyosiy xarakterga ega ma’lumotni tarqatganligiga bag‘ishlangan eshituv bo‘lib o‘tmoqda.

Amerika qonunchiligi vakillari Moskva shu tarzda 2016-yilda AQShdagi saylovlar oldidan jamoatchilik o‘rtasida nizo urug‘ini sochishga uringanini taxmin qilmoqda.

Опубликовано: admin (2-11-2017, 14:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют