» » Amazonka changalzorlarida qaroqchilardan qochgan amerikalik oila topildi

Amazonka changalzorlarida qaroqchilardan qochgan amerikalik oila topildi


Braziliyada qaroqchilar hujumiga uchragan, biroq ulardan qochib qutula olgan to‘rt kishilik amerikalik oila topildi, deb yozadi “Globo.com” yangiliklar portali.

AQSh fuqarolari 30-oktabr, dushanba kuni yo‘qolib qolgan: qaroqchilar sayyohlarni Amazonka daryosining narigi qirg‘og‘iga olib o‘tayotgan kemaga hujum qilgan. Yovuz niyatlilar yo‘lovchilarning narsalarini o‘g‘irlab ketgan, sayohatchilarning o‘zlari ulardan qochib qolishga muvaffaq bo‘lgan.

Xabar berilishicha, qaroqchilar daryoda syorfing taxtasida harakatlangan. Er-xotin hamda ularning 7 va 3 yoshli farzandlarini 1-noyabr, chorshanba kuni Para shtatidagi qishloq aholisi ko‘rib qolgan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ular qattiq qo‘rqqan va tinka-madori qurigan holatda bo‘lgan. Ammo shifokorlar ularda hasharotlar chaqqan joylardan tashqari, hech qanday shikastlanishlarni aniqlamagan.

Qutqarilgan ayolning otasi aytib berishicha, oila Kaliforniyani besh yil avval tark etgan va o‘sha vaqtdan buyon mashinada Lotin Amerikasining turli mamlakatlari bo‘ylab sayohat qilib yurgan.

Politsiyada hujum qilgan qaroqchilar qo‘lga olinganini ma’lum qilishdi.

Опубликовано: admin (2-11-2017, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют