» » Navoiyda ish boshlagan zavod yiliga 65 ming tonna chiqindini qayta ishlaydi

Navoiyda ish boshlagan zavod yiliga 65 ming tonna chiqindini qayta ishlaydi


Navoiy shahri va O‘zbekistonning yana boshqa 7 mintaqasida ish boshlagan zavodlar juda katta hajmdagi chiqindilarni qayta ishlash imkonini beruvchi zamonaviy qurilmalar bilan jihozlangan. Bu haqda “Sensorika.uz” xabar bermoqda. 

Jumladan, Navoiy shahridagi korxona bir kunda 200 tonnaga yaqin qattiq maishiy chiqindilarni sortirovka qiladi va qayta ishlaydi. Bir yil mobaynida bu ko‘rsatkich 60-65 ming tonnani tashkil etadi. 

Qoraqalpog‘istonda yaqinda ishga tushirilgan zavodda esa yiliga 78 ming chiqindini qayta ishlash mumkin. 

Navoiy va Qoraqalpog‘istondan tashqari chiqindilarni qayta ishlash korxonalari Buxoro viloyatining Kogon va Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanlarida ham ish boshladi. 

Ko‘rilayotgan choralar mamlakat aholisidan qattiq chiqindilarni markazlashtirilgan holda olib ketish ko‘lamini hozirgi 63 foizdan 2021-yilda 93 foizgacha ko‘tarish imkonini berishi bildirilmoqda. 

Опубликовано: admin (2-11-2017, 15:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют