» » Amerikalik general Guantanamoda uch hafta hibsda tutiladigan bo‘ldi

Amerikalik general Guantanamoda uch hafta hibsda tutiladigan bo‘ldi


AQSh harbiy-dengiz kuchlarining Guantanamodagi bazasi tribunali general Jon Beykerni uch haftalik qamoqqa va ming dollar jarimaga hukm qildi. U sudga hurmatsizlik qilishda aybdor topildi, deb xabar qildi The Express.

Qamoq muxlatini zobit maxsus qamoqda emas, kazarmada o‘taydi.

Beyker Kubada joylashgan maxsus qamoq mahbuslarining yuridik himoyasi uchun javob berardi. “Al-Qoida” yetakchilaridan biri bo‘lgan mahbus Abdulrahim an-Noshiriy va uning uch nafar advokati orasida ixtilof kelib chiqdi: himoyachilar axloq-odob prinsiplari nuqtai nazaridan u bilan ishlashdan bosh tortdi, shuningdek, ular mijoz bilan suhbat chog‘ida konfidensiallik buzilganini gumon qilmoqda.

Beyker ularga an-Noshiriy manfaatlarini himoya qilishdan bosh tortishni rasmiylashtirishga yordam berdi. Ammo harbiy-havo kuchlari polkovnigi, sudya Vens Spat bu qarorga qarshi chiqdi va advokatlarga bazaga yetib kelishni yoxud telekonferensiya uyushtirishni topshirdi. General advokatlarni chaqirishdan bosh tortdi va buning uchun jazolandi.

Опубликовано: admin (2-11-2017, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют