» » IIBB shaxslar identifikatsiyasi uchun planshetlarni sinovdan o‘tkazmoqda

IIBB shaxslar identifikatsiyasi uchun planshetlarni sinovdan o‘tkazmoqda


Toshkent shahar IIBB planshetlar yordamida real vaqt rejimida fuqarolar shaxsini aniqlash bo‘yicha loyihani ishga tushirdi. Bu haqda 2-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan haftalik brifingda IIBB PPX brigada komandiri o‘rinbosari podpolkovnik Aziz Sultonov bayonot berdi, deb xabar qiladi “Gazeta.uz”.

Uning so‘zlariga qaraganda, loyiha planshet kompyuterlaridan nafaqat fuqarolarning yashash joyini aniqlash, balki ularni barmoq izlari yoki yuz tanish texnologiyasi yordamida identifikatsiya qilishni nazarda tutadi. Bu “Xavfsiz shahar” konsepsiyasining bir qismi bo‘ladi.

Planshetlar yordamida ichki ishlar organlari xodimlari navbatchi qism bilan bog‘lanib, fuqaroning ism-familiyasi asosida uning sudlangan-sudlanmaganini, qidiruvda ekanligi-emasligini yoki bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida bor-yo‘qligini aniqlay oladi.

IIBB vakili O‘zbekiston IIV strukturalarida shiddatli kompyuterizatsiya davom etayotganini, bu jarayon o‘tgan yili boshlanganini ma’lum qildi.

“Xodimlar mobil, tezkor va samarador ishlashi uchun barcha ish qilinmoqda. Ular bir kishi identifikatsiyasiga ikki soat emas, besh daqiqa sarflashi uchun. Loyiha davomida biz turli uskunalarni sinovdan o‘tkazib, eng optimalini tanlaymiz”, — dedi Aziz Sultonov.

IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev minglab planshetlarning olinishi fuqarolar shaxsini aniqlash jarayoninin osonlashtirishini ta’kidlab o‘tdi.

Chet elda ishlab chiqarilgan planshet kompyuterlari foydalanish uchun olinishi mumkin, ammo ularga mahalliy mutaxassislar ishlab chiqqan dasturiy ta’minot o‘rnatiladi.

Jurnalistlarning savollariga javob berarkan, Aziz Sultonov Toshkentda kechki soatlarda ko‘chalarda va jamoat joylarida bo‘lishga taqiq yo‘qligini ta’kidlab o‘tdi.

“Fuqarolar muammolarsiz tungi soatlarda ko‘chalarda yurishi, sayr qilishi, ishga borishi, u yerdan qaytishi mumkin. Ichki ishlar organlari tomonidan kechki soatlarda olib boriladigan tadbirlar profilaktik bo‘lib, huquqbuzarlikning oldini olishga qaratilgan”, — qayd qilib o‘tdi u.

Bunday tadbirlar doirasida jinoyat sodir etishga moyil, shubha uyg‘otuvchi yoki “maqsadsiz sayr qilib yurgan” fuqarolar tekshiriladi.

U shu paytga qadar ichki ishlar bo‘linmalariga fuqarolar shaxsini tanish uchun olib kelinganini tan oldi.

“Ammo hozir yangi texnologiyalar joriy etilmoqda, ular shaxsni joyida, ikki-uch daqiqada identifikatsiya qilish imkoniyatini beradi”, — dedi u.

Profilaktik tadbirlar va yangi texnologiyalar ishlatilishi munosabati bilan joriy yilning o‘n oyida qidiruvdagi 146 shaxs ushlandi, PPX xodimlari 1443 jinoyatni fosh etdi, 250 jinoyatning oldini oldi, 138,8 ming huquqbuzarlik qayd etildi.

Toshkentning AKTdan foydalanish tajribasi O‘zbekistonning barcha viloyatlarida bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Опубликовано: admin (2-11-2017, 22:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют