» » Ohangaronda yangi sement zavodi quriladi

Ohangaronda yangi sement zavodi quriladi


Toshkent viloyatida “Ohangaronsement” AJ bazasida energiya tejovchi “quruq” yo‘l bilan sement ishlab chiqaruvchi zavod quriladi. Uning yillik ishlab chiqarish quvvati 3 million tonnani tashkil etadi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Loyiha realizatsiyasi tartibi haqidagi kelishuv O‘zbekiston va Rossiya bosh vazirlari ishtirokida 2-noyabr kuni “O‘zqurilishmateriallari” boshqaruvi raisi Botir Zaripov va “Yevrotsement grup” direktorlar kengashi raisi Filaret Galchev tomonidan imzolandi.

Yangi zavod mintaqada shu turdagi eng yirik korxona bo‘lib, Yevropa ishlab chiqaruvchilarining ilg‘or texnologik asbob-uskunalari bilan jihozlanadi.

Tender yakunlariga ko‘ra pudratchi sifatida Beijing Triumph International Engineering Co. (XXR, CNBM tarkibiga kiradi) tanlab olindi. U loyihalashtirish, qurilish, asbob-uskuna yetkazib berish, tayyorlash va montaj qilish, personalni o‘qitish ishlarini amalga oshiradi. Xitoy kompaniyasi bilan tuzilgan shartnoma qiymati 160 million dollardan oshadi. Loyiha 2020-yilgacha amalga oshiriladi.

“Ohangaronsement”ning ishlab chiqarish quvvati yiliga 2 million tonna sementni tashkil etadi. Korxona tarkibiga Toshkentning Sergeli tumanidagi qurilish materiallari va konstruksiyalari kombinati kiradi.

Опубликовано: admin (2-11-2017, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют