» » Andijon shahridagi kichik sanoat zonasida 21 ta korxona ish boshladi

Andijon shahridagi kichik sanoat zonasida 21 ta korxona ish boshladi


Andijon shahridagi sobiq “Elektrodvigatel” ochiq aksiyadorlik jamiyati hududida tashkil etilgan kichik sanoat zonasida avtomobillar uchun ehtiyot qismlar, alyumin, plastmassa, qurilish materiallari, sanoat va trikotaj, non va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan 23 ta loyiha amalga oshiriladi. Natijada 300 dan ziyod ish o‘rni yaratiladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Umumiy maydoni 6,5 gektar bo‘lgan mazkur hududda belgilangan loyihalar doirasida 9,471 milliard so‘m hamda 1,636 million dollar miqdordagi investitsiya kiritilib, qator yangi korxonalar ishga tushirildi. Ayni kunga qadar 21 ta korxona faoliyati yo‘lga qo‘yilib, 304 nafar kishi doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi.

Mazkur hududda samarali faoliyat yuritayotgan “And belita” xususiy korxonasida bolalar, ayollar va erkaklar uchun 50 dan ortiq turdagi paypoqlar ishlab chiqarilmoqda.

Korxona tomonidan qariyb 600 million so‘m hamda 537,9 ming dollar miqdorida investitsiya kiritilib, ishlab chiqarish sexlari qayta jihozlandi, Xitoydan 50 dan ortiq zamonaviy paypoq to‘qish dastgohi, boshqa zarur uskunalar olib kelib ishga tushirildi.

Korxonada joriy yilning o‘tgan to‘qqiz oyi davomida umumiy qiymati 2,5 milliard so‘mga yaqin 1,6 million dona paypoq ishlab chiqarildi. Ayni kunda korxonaning to‘qish, qadoqlash sexlarida 45 nafar xotin-qiz mehnat qilmoqda.

Korxona mutaxassislari kelgusi yildan boshlab korxona mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha rossiyalik hamkorlar bilan kelishuv tuzish bo‘yicha ish olib bormoqda.

“Lucky paper” mas’uliyati cheklangan jamiyatida esa Xitoy texnologiyasi asosida yaroqsiz qog‘ozlar qayta ishlanib, qadoqlash, o‘rov qog‘ozlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

Elektr energiyasi, suv ta’minoti masalalari to‘la-to‘kis hal etilgan. Hozir korxonada asosan 130 dan 160 milligrammgacha bo‘lgan qalinlikdagi o‘rov qog‘ozlari ishlab chiqarilmoqda. Mahsulotlardan asosan tort, qandolat mahsulotlarini qadoqlash uchun maxsus idishlar tayyorlanmoqda. 8 kishi mehnat qilayotgan korxonamizda joriy yilning o‘tgan davrida qariyb 200 tonna yaroqsiz qog‘oz qayta ishlanib, 450 million so‘mlik mahsulot tayyorlandi.

“Stapak rivoj” mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘zining aylanma mablag‘lari hisobidan zamonaviy dastgoh sotib olib, ishga tushirdi. Natijada polietilen xaltalar ishlab chiqarish, shuningdek, plyonkaga gul bosish, yorliqlar chop etish yo‘lga qo‘yildi.

Ayni kunda 11 kishi mehnat qilayotgan ushbu korxonada joriy yilning o‘tgan davrida 500 million so‘mlik mahsulot xaridorlarga yetkazib berildi.

Mazkur kichik sanoat zonasida tadbirkorlarga yaratib berilgan qulay sharoitlar tufayli “And ved stroy”, “Segaza quyuvchi”, "Ulkan biznes invest”, “Sadaf mramor rivoj”, “Husniddin Abduqunduz” singari qator korxonalar samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan alyumin detallar, temir quvurlar, non va sut mahsulotlari ichki bozorni to‘ldirish, aholining ushbu mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bilan birga mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Опубликовано: admin (3-11-2017, 08:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют