» » Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi bog‘cha hududida avtoturargoh qurilayotgani haqidagi xabarga izoh berdi

Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi bog‘cha hududida avtoturargoh qurilayotgani haqidagi xabarga izoh berdi


Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 232-sonli maktabgacha ta’lim muassasasining hududida avtoturargoh barpo etilayotgani haqida “Pravda Vostoka” nashri e’lon qilgan xabarga Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi o‘z Facebook sahifasida izoh berdi. Ayni paytda ushbu post sahifadan o‘chirib tashlangan, ammo “Pravda Vostoka” postning skrinshotini o‘z xabariga ilova qildi.

“Sizga ma’lumki, bugungi kunda butun shahar bo‘ylab yopiq turdagi garajlarni buzish ishlari olib borilmoqda, ularning o‘rniga esa zamonaviy ochiq avtoturargohlar qurilmoqda”, — deyiladi hokimlik xabarida.

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining Mirzo Ulug‘bek tumanini 2017—2019-yillarda kompleks rivojlantirish haqidagi qaroriga muvofiq, T. Malik ko‘chasida joylashgan yopiq garajlarni buzishga qaror qilingan.

Buzilishdan oldin garajlar egalari uchun ikkita avtoturargoh tashkil qilingan. U yerda buzilayotgan garajlar egalari uchun bepul asosda joy ajratiladi.

“Shunga e’tiboringizni qaratamizki, avtomobil to‘xtash maydonlari 232-maktabgacha ta’lim muassasasi hududida emas, balki uning yonida tashkil qilinmoqda, shaharsozlik qoidalariga ko‘ra, turargohdan MTMgacha bo‘lgan masofa 15 metrdan kam bo‘lmasligi kerak”, — deya ta’kidlanadi xabarda.

“Shu bilan birga, qayd etish kerakki, ushbu post avtoturargohlar bilan bog‘liq muammoni fosh etdi, bu turargohlarning turar-joylarga yaqin ekanligi, hovli va trotuarlardagi tartibsiz turargohlar, ushbu sohada tizimli rejalashtirishning yo‘qligi kabi muammolardir”, — deyiladi hokimlik bayonotida.

Xabarda “hurmatli ekspertlar”ga “muammo mohiyatini tushunib yetmasdan turib, tanqid toshlarini otish noto‘g‘ri ekanligi” aytildi.

“Biz hech qachon mavjud muammoli savollardan qochmaymiz, aksincha, sog‘lom tanqid va hamkorlikdagi yechimga tayyormiz va ochiqmiz”, — deya ta’kidlanadi xabarda.

Опубликовано: admin (3-11-2017, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют