» » IShID Nyu-Yorkdagi terakt uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi

IShID Nyu-Yorkdagi terakt uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi


IShID terrorchilik tashkiloti Nyu-Yorkdagi terakt uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi, deb yozadi “Korrespondent.net” Reuters’ga tayanib.

Terrorchilar o‘z bayonoti borasida hech qanday isbot-dalil keltirmadi.

Eslatib o‘tamiz, 31-oktabr kuni Nyu-Yorkning Manxetten tumanida yuk mashinasi velosiped yo‘lagiga o‘tib, o‘z yo‘li ustidagi velosipedchilarni bosib ketdi, so‘ng maktab avtobusiga borib urildi. Yuk mashinasi haydovchisi, O‘zbekiston fuqarosi Sayfullo Soipov politsiya tomonidan yaralandi. Terakt oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi, o‘ndan ortiq kishi jarohatlandi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (3-11-2017, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют