» » IIBB: Toshkent shahrida komendantlik soati joriy etilmagan

IIBB: Toshkent shahrida komendantlik soati joriy etilmagan


Toshkent shahrida komendantlik soati joriy etilmagan, shahar aholisi muammolarsiz kechki sayrga chiqishlari va ishga borib-kelishlari mumkin. Bu haqda IIBB post-patrul xizmati vakili podpolkovnik Aziz Sultonov 2 noyabr kuni o‘tgan brifingda ma’lum qildi, deb yozadi UZ24.

Aziz Sultonovning ta’kidlashicha, kechki tadbirlar profilaktik bo‘lib, asosan jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olishga qaratilgan. Bu vaqtda bemaqsad yurgan, yurish-turishida shubha uyg‘otgan yoki jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan fuqarolar ikki xil tartibda jiddiy tekshiriladi.

Fuqarolarning shaxsini aniqlash savol-javob hamda axborot kommunikatsiya vositalari orqali aniqlanadi. Agar fuqaro shubha uyg‘otmasa, uzr so‘rab qo‘yib yuboriladi yoki uyiga eltib qo‘yilishi (asosan xorijiy fuqarolar) ham mumkin.

IIBB PPX vakilining ma’lum qilishicha, profilaktik tadbirlar natijasida yilning o‘tgan 10 oyi mobaynida respublika miqyosida qidiruvda bo‘lgan 146 kishi Toshkent shahrida ushlangan. 1443 ta jinoyat fosh etilgan. Bundan tashqari 250 ta jinoyatning oldi olingan. 138 ming 794 ta huquqbuzarliklar aniqlangan.

Toshkent shahar IIBB planshetlar yordamida o‘sha joyning o‘zida fuqaroning shaxsini aniqlash bo‘yicha loyihani sinovdan o‘tkazmoqda. Bu kabi planshetlarni PPX vakilining har biriga berish rejalashtirilgan, deya xabar qilindi brifingda.

IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayevning qo‘shimcha qilishicha, planshetlarga mahalliy mutaxassislar ishlab chiqqan dasturiy ta’minot o‘rnatiladi. Yaqin orada ushbu tizim poytaxtda, keyinroq bosqichma-bosqich viloyatlarda ham ishga tushirilishi kutilmoqda.

Опубликовано: admin (3-11-2017, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют