» » Respublika onkologiya ilmiy markazi sobiq rahbariyati korrupsiyada ayblanmoqda

Respublika onkologiya ilmiy markazi sobiq rahbariyati korrupsiyada ayblanmoqda


Toshkentning Jinoiy ishlar bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika onkologiya ilmiy markazining sobiq mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqmoqda, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Ish 21-aprel kuni Jinoyat kodeksining o‘zlashtirib olish yoki sarflab yuborish yo‘li bilan o‘g‘irlaganlik (167), hokimiyatni yoki xizmat vakolatini suiiste’mol qilganlik (205), budjet va smeta-shtat tartibini buzganlik (184-1), qalbakilashtirish (209) kabi to‘rtta modda bo‘yicha qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov 30-avgust kuni yakunlangan, ayblov xulosasi tasdiqlangach, ish Jinoyat ishlari bo‘yicha shahar sudiga yuborilgan. Ayni paytda u Jinoiy ishlar bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Nashr Sog‘liqni saqlash vazirligidagi manbasiga tayanib ma’lum qilishicha, jinoiy ish markazning sobiq direktori Sarimbek Navro‘zov, shuningdek, bosh hisobchi va moliyaviy-iqtisodiy boshqarma direktoriga nisbatan qo‘zg‘atilgan.

Опубликовано: admin (3-11-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют