» » Ispaniya sudi Kataloniya yetakchisini hibsga olishga order berdi

Ispaniya sudi Kataloniya yetakchisini hibsga olishga order berdi


Ispaniyalik sudya Karmen Lamela hozirda Belgiyada bo‘lib turgan Kataloniya yetakchisi Karles Puchdemon va uning 4 safdoshini hibsga olish uchun Yevropa miqyosidagi order berdi. Bu haqda “RBK” ma’lum qildi.

Bunga Puchdemon boshchiligidagi Kataloniya siyosatchilarining sud yig‘ilishiga kelishdan bosh tortgani sabab bo‘ldi.

2-noyabr, payshanba kuni bu boradagi tegishli so‘rov bilan milliy sud kollegiyasiga Ispaniya davlat prokurori Migel Karbalo murojaat qildi. Unga ko‘ra, sud yig‘ilishiga kelmaslik nafaqat Ispaniya, balki Yevropaning boshqa davlatlarida ham qonun buzilishi hisoblanadi.

Shu bilan birga, Karbalo Kataloniya yetakchisi advokatining Puchdemon videoaloqa yordamida ko‘rsatma berishi haqidagi taklifini rad etdi.

Опубликовано: admin (3-11-2017, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют