» » O‘zMUda O‘zbekiston xalq artisti Galina Melnikova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zMUda O‘zbekiston xalq artisti Galina Melnikova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida O‘zbekiston xalq artisti, “Fidokorona xizmatlari uchun” va “Do‘stlik” ordenlari sohibasi Galina Melnikova ishtirokida navbatdagi mahorat darsi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “Telegraf.uz”.

Galina Melnikova ko‘plab iste’dodli suxandonlarni efirga olib chiqqan ustozlardan hisoblanadi. Talabalar bilan bo‘lgan samimiy muloqotda u bosib o‘tgan hayot yo‘li, telejurnalistikaning mashaqqati va sharafli yo‘li xususida to‘xtaldi.

Mahorat darsida jurnalist kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, o‘quv jarayonini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan boyitish, talabalarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish, “ustoz-shogird” an’anasini rivojlantirish masalalari xususida fikr almashildi.

Talabalar mashxur suxandon-jurnalistga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berdi va atroflicha javob oldi.

Ma’lumot uchun, Galina Vitalyevna Melnikova 1936-yil 23-dekabr kuni tug‘ilgan. U 1956-yildan beri televideniye sohasida ishlab kelmoqda.

Oliy toifali diktor Galina Melnikova “Do‘stlik” ordeni, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni, “Oltin qalam” mukofoti va Rossiyaning Pushkin nomidagi medali bilan taqdirlangan.

Опубликовано: admin (3-11-2017, 13:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют