» » Stiven Xoking insoniyat robotlar tomonidan yo‘q qilinishi mumkinligini “bashorat qildi”

Stiven Xoking insoniyat robotlar tomonidan yo‘q qilinishi mumkinligini “bashorat qildi”


Britaniyalik fizik Stiven Xokingning fikricha, sun’iy intellektni rivojlantirish ustidagi harakatlar insoniyat uchun xavf tug‘diradi, deb xabar berdi Daily Mail.

“Agar hozirda odamlar kompyuter viruslarini yaratayotgan bo‘lsa, kelajakda o‘zini takomillashtirishga va ko‘paytirishga qodir sun’iy intellektni yaratishi mumkin. Bu insondan o‘tib ketuvchi yangi hayot shakli bo‘ladi”, — dedi olim. Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, mashinalar samaradorlik poygasida odamlardan voz kechishni xohlab qolishi mumkin.

Bu amalga oshmagan taqdirda ham, odamlar o‘zlarini halok etish orqali tavakkal qilmoqda. “Biz ortga qaytib bo‘lmaydigan nuqtani kesib o‘tdik. Yer juda ham torlik qilmoqda, aholi qo‘rqinchli tarzda o‘smoqda”, — dedi fizik.

Xokingning fikricha, halokatdan qutulishning yo‘li — boshqa sayyoralarni egallash uchun ko‘proq odamlarni ilm-fanga jalb qilish.

Опубликовано: admin (3-11-2017, 14:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 115) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют