» » Nyu-Yorkda ochilgan soxta Apple do‘koniga 50 dan ortiq odam navbatga turdi (foto+video)

Nyu-Yorkda ochilgan soxta Apple do‘koniga 50 dan ortiq odam navbatga turdi (foto+video)


Amerikaning Improv Everywhere komik-ijodkorlar kollektivi Nyu-Yorkdagi metro stansiyasi yonida soxta Apple do‘koni ochib, aholi bilan hazillashdi. Hazil ishonchli chiqishi uchun ular iPhone’ni “sotib olish maqsadida” 50 kishidan iborat navbat hosil qilishdi, deb xabar berdi TJournal.

Improv Everyhwere jamoasi Manxetten hududidagi stansiyaning liftiga Apple’ning katta logotipini ilib qo‘ydi. Shundan so‘ng uning yoniga bir nechta “Apple Store xodimlari” joylashtirildi. Navbatda turgan “xaridorlar” ham hazilning bir qismi bo‘lib, ular lift orqali pastga tushgan va birozdan so‘ng qo‘lida yangi iPhone bilan chiqib kelgan.

Bu atrofdagilarning diqqatini o‘ziga jalb etgan. Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, odamlar iPhone X sotib olish uchun navbatga tura boshlagan. Shunda Apple Store xodimlari kiyimida bo‘lgan komiklar ularning yoniga borgan va atiga 50 dona qurilma qolganini hamda ularga navbat yetib kelmasligini aytgan.

Improv Everywhere’ning ma’lum qilishicha, bitta juftlik “har ehtimolga qarshi” navbatda turishga qaror qilgan. Shunda tashkilotchilar ularni lift orqali metro stansiyasiga tushirgan va ularning qo‘liga iPhone’ning bo‘sh qutisini topshirgan.

Опубликовано: admin (3-11-2017, 14:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют