» » Toshkentdagi bolalar maydonchasida yuz bergan pichoqbozlikda 2 nafar o‘spirin jarohatlandi

Toshkentdagi bolalar maydonchasida yuz bergan pichoqbozlikda 2 nafar o‘spirin jarohatlandi


28-oktabr kuni tunda Toshkent shahar 1-klinik shifoxonasiga 20 yoshli Olim Turopov qorni va chap sonidagi kesilish jarohati bilan murojaat qilgan, deb xabar beradi “Nuz.uz”.

Shifokorlar mazkur ma’lumotni 102 xizmatiga yetkazgan.

“Mazkur murojaat asosida hodisa joyiga tezkor-qidiruv guruhi yuborildi. Jinoyatni sodir etishga undagan sabablarni tahlil etish natijasida S-5 dahasidagi ko‘p qavatli uylar oldida kechqurun bir necha o‘spirinlar spirtli ichimliklar ichgani ma’lum bo‘ldi. Shu paytda ularning yonidan alkogolli ichimlik ta’sirida bo‘lgan yana ikki yosh yigit o‘tib, ulardan sigaret so‘ragan. Shundan so‘ng yigitlar o‘rtasida janjal boshlangan. Oqibatda esa ikki kishi jarohatlangan”, — deydi Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev.

Shuningdek, huquq-tartibot organi xodimlarining aniqlashicha, spirtli ichimlik ichgan yoshlar orasida vaqtincha ishsiz to‘rt nafar yigitlar va uch nafar qizlar, turizm, transport va Borovskiy nomidagi tibbiyot kollejlari talabalari ham bo‘lgan.

Doniyor Toshxo‘jayev qizlarning eng kichigi 16, eng kattasi esa 19 yoshda bo‘lganini alohida ta’kidlab o‘tgan.

Atrofdagi uylarda yashovchilar aholi turar-joylari hovlisida tunda yoshlar spirtli ichimlik ichayotgani haqida militsiyaga xabar bermagan.

Yoshlar o‘rtasidagi janjal ularning spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgani sababli yuzaga kelgan. Haqoratli so‘zlar bilan boshlangan janjalda o‘spirinlardan biri Samandarxon Buzurxonov cho‘ntagidan suvenir pichoq chiqarib Bahodir Mahmudovga tan jarohati yetkazgan.

Biroq, jabrlanuvchi pichoqni tortib olgan va Samandarxonning do‘sti Olim Turopovga qarata zarba bergan. Bahodir Mahmudovning o‘zi esa hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat bo‘yicha Yunusobod tumani IIB tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan Bahodir Mahmudov va Ibrohim Orifjonov sodir etganligi aniqlanib ushlandi.

Опубликовано: admin (3-11-2017, 15:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 64) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют