» » Fransiyada 2018-yili Yangi Kaledoniya mustaqilligi bo‘yicha referendum o‘tkaziladi

Fransiyada 2018-yili Yangi Kaledoniya mustaqilligi bo‘yicha referendum o‘tkaziladi


Fransiyada 2018-yili Tinch okeanidagi maxsus ma’muriy-hududiy tuzilma — Yangi Kaledoniya mustaqilligi bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Erishilgan siyosiy kelishuv to‘g‘risida Numey bitimi (arxipelag maqomi haqidagi kelishuv) qo‘mitasi a’zolari ma’lum qildi. Yig‘ilish ishtirokchilari ovoz berishning aniq sanasini hozircha belgilamadi, biroq tadbir kechi bilan noyabrda bo‘lib o‘tishi lozim.

“Referendum bo‘yicha siyosiy kelishuvga erishdik, eng muhimi, bizda ishonch paydo bo‘ldi. Biroq hali amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ancha ishlar bor”, — dedi Fransiya bosh vaziri Eduard Filipp.

Referendumda BMT kuzatuvchilarining ishtirok etishi, ovoz berish uchastkalarini tuzish masalalari ham qo‘mita yig‘ilishi kun tartibiga kiritilgani bildirilmoqda.

Опубликовано: admin (3-11-2017, 17:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 100) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют