» » O‘zmilliybank va “Vneshekonombank” hamkorlik to‘g‘risida kelishib oldi

O‘zmilliybank va “Vneshekonombank” hamkorlik to‘g‘risida kelishib oldi


Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Dmitriy Medvedevning Toshkentga tashrifi doirasida, 2017-yilning 2-noyabr kuni O‘zbekiston Milliy banki hamda “Vneshekonombank” o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Kelishuv imzolandi.

Kelishuv O‘zbekiston Respublikasida energetika sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun Milliy bankka 10 yilgacha bo‘lgan muddatga 250 million AQSh dollarigacha bo‘lgan kredit liniyalarini ochishni nazarda tutadi. Bu Rossiyaning yuqori texnologiyali energiya uskunalarini yetkazib berishni o‘z ichiga oladi. Loyihalar orasida “Sirdaryo IES energobloklarining modernizatsiyasi” va “Farhod GES” UK modernizatsiyasi” kabilar bor.

Ushbu kelishuvga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga joriy yilning 4—5-aprel kunlari amalga oshirgan davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha erishildi.

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (3-11-2017, 19:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 50) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют