» » O‘zbekiston Minskda elchixonasini ochadi

O‘zbekiston Minskda elchixonasini ochadi


O‘zbekiston Belarus poytaxti Minsk shahrida mamlakat elchixonasini ochadi. Yaqin vaqtlarda elchining tayinlanishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belarus bosh vaziri Andrey Kobyakov bilan 2-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ma’lum qilindi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1993-yilda o‘rnatilgan. Belarusning Toshkentdagi elchixonasi 1994-yil fevralida ochilgan.

Belarus vazirlar kengashi sayti ma’lumotlariga ko‘ra, uchrashuvda turli sohalarda o‘zbek–belarus hamkorligini kengaytirish hamda Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning O‘zbekistonga tashrifiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Ikki tomonlama hukumatlararo komissiyaning Minskda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yig‘ilishida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasini tasdiqlash rejalashtirmoqda. Belarus o‘zbek tomoniga savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida yangi shartnoma imzolashni taklif qilmoqda.

2017-yilda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi tovar ayirboshlash qayta tiklanishni boshladi. Yanvar-avgust oylarida u 2016-yilning shu davriga nisbatan qariyb ikki barobarga oshdi.

Опубликовано: admin (3-11-2017, 22:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют