» » Parkentda 9 million so‘mlik zargarlik buyumlarini o‘g‘irlagan jinoyatchilar ushlandi

Parkentda 9 million so‘mlik zargarlik buyumlarini o‘g‘irlagan jinoyatchilar ushlandi


Parkent tumanida o‘g‘rilik holati fosh etildi, buning natijasida salkam 25 million so‘mga teng qimmatliklar egasiga qaytarildi. Bu haqda Toshkent viloyat IIB ma’lum qildi.

Aytilishicha, Parkent tuman IIBga 1970-yilda tug‘ilgan Adham Boyqo‘ziyev ariza bilan murojaat qilib, 26-oktabr kuni soat 05:00 dan 08:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs uyda hech kim yo‘qligidan foydalanib, uyga kirib, u yerdan 15 million so‘m pul 9 million so‘mlik zargarlik buyumlarini o‘g‘irlaganini ma’lum qilgan.

Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Parkent tumanida yashovchi 1993-yilda tug‘ilgan Xushnud Tojiyev va Erali Yorbekovlar sodir etgani aniqlandi.

Talonchilar ushlandi. Ashyoviy dalillar olindi. Tergovni IIB olib bormoqda.

Опубликовано: admin (4-11-2017, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют