» » Amerikalik erkak Daniya hukumatidan Grenlandiyani so‘radi va so‘roviga javob oldi

Amerikalik erkak Daniya hukumatidan Grenlandiyani so‘radi va so‘roviga javob oldi


Amerikalik ChefShwasty taxallusli blogerning ma’lum qilishicha, u bir kuni spirtli ichimlik ta’sirida Daniya hukumatidan Grenlandiyani qarzga so‘ragan. Bloger Daniya hukumatining elektron pochtasiga xat yo‘llab, u do‘sti bilan birga mamlakatni o‘zi uchun mo‘ljallayotganini aytgan. ChefShwasty Grenlandiyani vayronalarga aylantirmaslikka va’da bergan va “go‘zal daniya xalqi hech narsadan xavotir olmasligi kerakligi”ni aytgan, deb yozmoqda Meduza.

Blogerning aytishicha, uni aynan nima Grenlandiyani tanlashga majbur qilganini eslay olmaydi. Bunga kichik muzlatgich yonida turgan globus sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. U Daniya hukumatiga Grenlandiyani qandaydir Xyu Tomassenning dastxatiga, Xbox o‘yinlariga, ikkita energetik ichimlik va Rolling Stone jurnaliga almashtirishni taklif qilgan.

Bir necha kundan so‘ng blogerga xuddiki Daniya tashqi ishlar vazirligidan maktub kelgan. Maktub mualliflari ChefShwasty‘ning maqsadlarini maqtagan holda, mamlakatni Xbox o‘yinlariga almashtirishdan bosh tortgan.

O‘zini Daniya hukumati deb tasavvur qilgan kishilar ChefShwasty’ga buni kichkina ishdan boshlashni va maktab o‘quvchilariga ingliz tilini o‘rgatish uchun Grenlandiyaga yo‘l olishni taklif qilgan.

Bloger maktubning Daniya TIVdan kelganini isbotlovchi hech qanday dalil taqdim etmagan.

Опубликовано: admin (4-11-2017, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 91) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют