» » BMW AQShda qariyb 1,4 millionta mashinani chaqirib oladi

BMW AQShda qariyb 1,4 millionta mashinani chaqirib oladi


Germaniyaning BMW avtomobil konserni AQShda qariyb 1,4 millionta mashinani xaridorlardan chaqirib oladi. Bu dvigatelning yonib ketishi bilan bog‘liq nosozliklarni bartaraf qilish maqsadida amalga oshiriladi, deb xabar berdi “TASS”.

Xabar berilishicha, 2007—2011-yillarda chiqarilgan 740 mingta mashina, shu jumladan, Z4, X3, X5 karter majbury ventilatsiyasining klapani yuqori haroratda yonib ketmasligi uchun uni almashtirish maqsadida chaqirib olinadi.

Bundan tashqari, 2006—2011-yillarda chiqarilgan 673 mingta mashina qizib ketish xavfi mavjud bo‘lgan havo almashtirish tizimidagi elektr simlarini ta’mirlash maqsadida chaqirib olinadi. Bu nosozlik to‘rt nafar haydovchining jabrlanishiga sabab bo‘lgan.

Avtomobillarni ta’mir uchun chaqirish ishlari 2017-yilning 18-dekabrida boshlanadi.

Опубликовано: admin (4-11-2017, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют