» » Tramp Shimoliy Koreya bilan bog‘liq tanglikni bartaraf etishda Xitoy ko‘magini e’tirof etdi

Tramp Shimoliy Koreya bilan bog‘liq tanglikni bartaraf etishda Xitoy ko‘magini e’tirof etdi


Pekin Vashingtonga Pxenyanning yadro-raketa ishlanmalari bilan bog‘liq tanglikni bartaraf etishda muhim yordam ko‘rsatdi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Telekanal Trampdan Osiyo bo‘ylab safari davomida Xitoy tomonidan AQSh kompaniyalari intellektual huquqlari buzilayotgani masalasini ko‘tarishi haqida so‘radi.

“Bundan ko‘ra muhimroq narsani tushunishingiz kerak: bizda Shimoliy Koreya deb ataladigan muammo mavjud. Xitoy, xususan, uning rahbari Si Szinpin bu borada bizga ko‘mak beryapti”, — dedi Tramp.

AQSh prezidenti Shimoliy Koreya muammosi bo‘yicha yechim topilishiga umid bildirdi.

“Agar shunday bo‘lmasa, bu hech kim uchun yoqimli bo‘lmaydi. Biroq Xitoy bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun yordam beryapti”, — ta’kidladi Tramp.

Опубликовано: admin (4-11-2017, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют