Bugun APLda “Siti”ni “Arsenal” bilan, “Chelsi”ni “Yunayted” bilan to‘qnashtiradigan tur start oladi
Angliya Premyer-Ligasi klublari mavsumning 11-turiga yetib keldi. Undan bir qator qiziqarli bellashuvlar o‘rin olgan.
Turnir jadvalida yonma-yon borayotgan Londonning ikki yetakchi klubi chempionlik sari intilayotgan Manchester shahri jamoalari bilan to‘qnash keladi. “Chelsi” o‘z uyida “Yunayted”ni qabul qilsa, “Arsenal” Etihad arenada “Siti”ga qarshi saf tortadi.
Mazkur turda Yurgen Klopp va Slaven Bilich jamoalari ham o‘zaro to‘qnash keladi. Madridning “Real” klubini taslim qila olgan “Tottenhem” esa London derbisida o‘ynaydi.
Angliya Premyer-Ligasi
11-tur bellashuvlari
4-noyabr, shanba
“Stok Siti” — “Lester” — 17:30
“Xaddersfild” — “Vest Bromvich” — 20:00
“Suonsi” — “Brayton” — 20:00
“Sautgempton” — “Byornli” — 20:00
“Nyukasl” — “Bornmut” — 20:00
“Vest Hem” — “Liverpul” — 22:30 Futbol-TV
5-noyabr, yakshanba
“Tottenhem” — “Kristal Pelas” — 17:00 Futbol-TV
“Manchester Siti” — “Arsenal” — 19:15 UzReport
“Everton” — “Uotford” — 21:30
“Chelsi” — “Manchester Yunayted” — 21:30 Futbol-TV
Добавить комментарий!
