» » Ravshan Ermatov klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida ishlash uchun taklif oldi

Ravshan Ermatov klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida ishlash uchun taklif oldi


O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatiga taklifnoma oldi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar berdi.

Shu yilning 6—16-dekabr kunlari o‘z qit’asining chempion klublari BAAga tashrif buyuradi. Jumladan, Yevropa Chempionlar Ligasining g‘olibi sifatida Madridning “Real” klubi ham Amirliklarga yetib keladi.

Ravshan Ermatov Jahon Chempionatiga yordamchilari Jahongir Saidov va Abduhamidullo Rasulov bilan birga boradi. Bungacha mazkur brigada Rossiyada bo‘lib o‘tgan Konfederatsiyalar Kubogida ishtirok etgan va 2018-yilgi Jahon Chempionatiga borishi mumkin bo‘lgan nomzodlar orasida kiritilgandi.

O‘FF xabarida Aziz Asimov va Sherzod Qosimovning navbatdagi tayinlanuvlari haqida ham so‘z boradi. Yaqindagina “Paxtakor” — “Bunyodkor” o‘yinida ishlagan Asimov OCh U19 saralashi uchun Qatarga safar etadi. Sherzod Qosimov esa OCh U16 saralashida ishlash uchun Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator shahrida bo‘ladi.

Опубликовано: admin (4-11-2017, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 55) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют