» » AQShda Jon Kennedining o‘ldirilishiga bog‘liq salkam 700 ta yangi hujjat e’lon qilindi

AQShda Jon Kennedining o‘ldirilishiga bog‘liq salkam 700 ta yangi hujjat e’lon qilindi


AQSh Milliy arxivi 3-noyabr, juma kuni AQShning 35-prezidenti Jon Kennedining o‘ldirilishiga bog‘liq yangi hujjatlarni e’lon qildi, deb xabar berdi “Interfaks”.

E’lon qilingan 676 hujjatning asosiy qismi Markaziy razvedka boshqarmasi (553 ta hujjat), shuningdek, Adliya vazirligi, Pentagon va Vakillar palatasining qotillikni tergov qilish uchun tuzilgan maxsus komissiyasi tomonidan keltirilgan.

Xususan, Kennedining qotili sifatida gumon qilingan Li Xarvi Osvaldni Sobiq Sovet Ittifoqining Mexikodagi elchixonasi bilan telefon muloqotlari yozuvi e’lon qilindi.

Bu Kennedining o‘ldirilishiga bog‘liq bo‘lgan hujjatlarning AQSh Milliy arxivi tomonidan iyul oyidan beri e’lon qilingan uchinchi “porsiya”sidir.

Опубликовано: admin (4-11-2017, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют