» » Namangan shahridagi oilaviy poliklinikalarda “Elektron poliklinika”lar faoliyat ko‘rsata boshladi

Namangan shahridagi oilaviy poliklinikalarda “Elektron poliklinika”lar faoliyat ko‘rsata boshladi


Namangan shahridagi barcha oilaviy poliklinikalarda “Elektron poliklinika”lar faoliyat ko‘rsata boshladi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Soha faoliyatini zamon talabi asosida takomillashtirish imkonini beradigan yangilik sentabr oyida shahardagi 10-oilaviy poliklinikasida tatbiq etilgandi. Qisqa fursatda Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli “O‘zmedinfo” markazi, viloyat hokimligi kompyuterlashtirish markazi va viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutaxassislari yordamida shahardagi yana 12 ta poliklinika lokal tarmoqqa ulandi. Viloyat hokimligi va homiylarning moliyaviy yordamida tarmoqlar tortilib, zarur axborot kommunikatsiya vositalari bilan ta’minlandi.

“Elektron poliklinika” tizimi aholiga qulaylik yaratish maqsadida ishlab chiqilgan. Dasturga muvofiq, poliklinikalar xizmat ko‘rsatadigan mahallalarda yashovchilarga ochilgan tibbiy kartalarning hammasi kasalliklarning xalqaro tasnifi shaklida Sog‘liqni saqlash vazirligi korporativ tarmog‘idagi elektron bazaga kiritilgan.

Bemor nafaqat o‘zi yashaydigan joydagi poliklinika, balki respublikaning qaysi bir shahri yoki viloyatida bo‘lmasin, tibbiy xizmatga ehtiyoj sezsa, o‘sha hududdagi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasiga murojaat qilishi mumkin. Fuqaroning tibbiy kartasi mamlakatdagi barcha oilaviy poliklinikalar kompyuterlarida ko‘rinadi.

Endi bemorlar oilaviy poliklinikalarga kelib, navbat kutib, vaqtini behuda sarflamaydi. Internet tarmog‘i orqali shifokor qaysi vaqtda ishlashini bilib, elektron ro‘yxatga yozilish mumkin. Vrachlar qabuli chog‘idagi tashxis ma’lumotlari esa avtomatik ravishda hisobotlar bazasida qayd etib boriladi.

Fuqarolar mazkur tizim orqali shifokorlar va hamshiralarga minnatdorchilik izhor qilishi, faoliyatiga oid taklif va mulohazalarini bayon etishi mumkin. Yana bir muhim jihat shundan iboratki, “Elektron poliklinika”ga kelib tushgan murojaat yoki shikoyat tahlili shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlarining ishini adolatli baholashda qo‘l keladi.

“Elektron poliklinika” tizimi kelgusi bosqichda tumanlardagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarga o‘rnatiladi. Keyin esa qishloq oilaviy poliklinikalari qamrab olinadi. Yaqin orada Norin, Mingbuloq, Chortoq va Yangiqo‘rg‘on tumanlari aholisi ham bu imkoniyatdan bahramand bo‘ladi.

Опубликовано: admin (4-11-2017, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 62) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют