» » Meksikada 1,5 milliard barrel neft zaxirasiga ega kon topildi

Meksikada 1,5 milliard barrel neft zaxirasiga ega kon topildi


Meksika davlat neft va gaz kompaniyasi Petroleos Mexicanos (Pemex) Verakrus shtatida ulkan neft zaxirasiga ega kon borligi aniqlanganini ma’lum qildi. Bu haqda Associated Press agentligiga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Meksika ko‘rfazi qirg‘oqlarida aniqlangan kon 1,5 milliard barreldan ortiqroq neft zaxirasiga ega. Pemex’ning hisoblashicha, ushbu neft zaxirasini o‘zlashtirish yaqin vaqtlar ichida amalga oshiriladi va bu ish unchalik qimmatga tushmaydi, chunki obyekt mavjud infratuzilmaning yaqinida joylashgan.

2017-yilda Meksika neft ishlab chiqarish bo‘yicha so‘nggi 22 yil ichidagi rekord darajada past ko‘rsatkichni qayd etdi. Iyul oyida kuniga 2 million barreldan kamroq ko‘rsatkichga tushib ketgan.

Shu bilan birga, ushbu mamlakat OPEKga a’zo bo‘lmagan davlatlar orasida eng yirik neft ishlab chiqaruvchi hisoblanadi.

Опубликовано: admin (4-11-2017, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют