» » AQShda Markaziy razvedka boshqarmasining Kennedi o‘limiga aloqasi borligi rad etildi

AQShda Markaziy razvedka boshqarmasining Kennedi o‘limiga aloqasi borligi rad etildi


Markaziy razvedka boshqarmasining AQSh sobiq prezidenti Jon Kennedining qotili Li Xarvi Osvald bilan aloqasi yo‘q, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

1975-yilgi Markaziy razvedka boshqarmasi memorandumida ta’kidlanganidek, Osvaldning boshqarma bilan munosabati haqidagi mish-mishlar “butunlay asossiz”. Bu kabi xulosaga MRBning 1970-yillardagi arxivlarini batafsil o‘rganish natijasida kelingan. Osvaldning boshqa bir Amerika maxsus xizmatlari bilan hamkorligini isbotlovchi birorta dalil ham topilmagan.

Shuningdek, ma’lum bo‘lishicha, MRB Osvaldni u AQShning 35-prezidentini o‘ldirgach, SSSRga yashirinishga harakat qilishda gumonlangan. “U Sobiq Ittifoqqa tinch yo‘l bilan ko‘chib o‘tish haqida o‘ylagan, biroq prezident o‘ldirilganidan so‘ng, tezda qochish maqsadida hujjat olish jarayonida qatnashgan”, — deyiladi MRBning 1963-yil 24-noyabridagi hujjatida.

Jon Kennedi ikki yildan ortiqroq vaqt AQShga rahbarlik qilgan va u 1963-yilning 22-noyabrida Dallasdagi safari vaqtida uyushtirilgan suiqasd oqibatida halok bo‘lgan.

Опубликовано: admin (4-11-2017, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 47) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют