» » Toshkentdagi parfyumeriya do‘konlarining biridan 33 mln so‘mlik mol-mulk o‘g‘irlandi

Toshkentdagi parfyumeriya do‘konlarining biridan 33 mln so‘mlik mol-mulk o‘g‘irlandi


Toshkent shahrining Mirobod tumanida joylashgan parfyumeriya do‘konlaridan birida 2-noyabrga o‘tar kechasi o‘g‘rilik yuz berdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, noma’lum shaxs do‘kon eshigi qulfini kalit tanlash yo‘li bilan ochib, bahosi 33 452 000 so‘mlik mol-mulkini o‘g‘irlab, jinoyat joyidan yashiringan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida mazkur jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinib Rixsiboy Tojiboyev qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b”, “g” bandlari (o‘g‘irlik, ya’ni ancha miqdorda, omborxona va boshqa xonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda”, — deya xabar bermoqda shahar IIBB axborot xizmati.

Опубликовано: admin (4-11-2017, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют