» » Iroqda eronlik ziyoratchilarni olib ketayotgan avtobus ag‘darilib ketdi

Iroqda eronlik ziyoratchilarni olib ketayotgan avtobus ag‘darilib ketdi


Iroqda eronlik ziyoratchilarni olib ketayotgan avtobusning ag‘darilib ketishi oqibatida kamida 30 kishi jabrlandi. Bu haqda, Eron tez tibbiy yordam xizmati rahbari Pir Husayn Kulivandga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, avtobus salonida 47 yo‘lovchi bo‘lgan. Jabrlangan 30 yo‘lovchi tibbiy yordam xizmati yetib kelgach, Eronga olib ketilgan. Jabrlanuvchilarning to‘rt nafari nisbatan og‘ir jarohat olgani aytilmoqda.

Yo‘l-transport hodisasi 3-noyabr, juma kuni oqshomda, Iroq sharqidagi Badra shahri atrofida yuz bergan. Tehrondan yo‘lga chiqqan avtobus eronlik ziyoratchilarni Iroqning An-Najaf shahriga olib ketayotgan edi. Bu shahar shialar uchun muqaddas hisoblanadi.

Опубликовано: admin (4-11-2017, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют