» » Chilonzordagi mushtlashuv oqibatida bir kishi vafot etdi

Chilonzordagi mushtlashuv oqibatida bir kishi vafot etdi


Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 1-noyabr kuni soat taxminan 23:30 da noma’lum shaxs mast holda bir kishini do‘pposlab, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan. Jabrlanuvchi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borilgan, biroq olingan jarohatlar natijasida 2-noyabr kuni shifoxonada vafot etgan.

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, jabrlanuvchi shifoxonaga olib kelinganida, unga “Bosh miya ochiq jarohati. Bosh miya og‘ir darajali lat yeyishi. Bosh miya ezilishi. Chap yon ensa suyagining sinishi” tashxisi qo‘yilgan.

“Tergov-tezkor tadbirlar natijasida, mazkur jinoyatni Aleksey Kaskinov sodir etganligi tasdiqlanib, ushlangan”, — deyiladi shahar IIBB axborotida.

Kaskinovning xatti-harakatlari Jinoyat kodeksi 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan malakalanib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.

“Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda”, — deyiladi IIBB xabarida.

Опубликовано: admin (4-11-2017, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют