» » Rossiya mehnat vaziri boshchiligidagi delegatsiya Toshkentdagi professional ta’lim markazi bilan tanishdi

Rossiya mehnat vaziri boshchiligidagi delegatsiya Toshkentdagi professional ta’lim markazi bilan tanishdi


Rossiya mehnat va ijtimoiy himoya vaziri Maksim Topilin boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahridagi professional ta’lim markaziga tashrif buyurdi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Vazirliklar va ularga mansub muassasalar o‘rtasida ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish, O‘zbekiston professional ta’lim markazlaridagi joriy holat bilan tanishish va Rossiya tomoni bilan birgalikda ularni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish delegatsiya tashrifidan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad bo‘ldi.

O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Aktam Hayitov Rossiya delegatsiyasi bilan uchrashuv davomida ikki mamlakat o‘rtasida ittifoqchilik va sheriklik munosabatlari, jumladan, mehnat bozori va aholi bandligi sohasida sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidladi.

Toshkent professional ta’lim markazi direktori R. Ibragimov mehmonlarni Toshkent va Samarqanddagi markazlar faoliyati, shuningdek, Qashqadaryo, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida markazlar qurilishi holati bilan batafsil tanishtirdi.

Опубликовано: admin (4-11-2017, 19:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют