» » Livan bosh vaziri suiqasd tahdidi sabab iste’fo berdi. Uning bosh vazir bo‘lgan otasi suiqasd oqibatida o‘ldirilgan

Livan bosh vaziri suiqasd tahdidi sabab iste’fo berdi. Uning bosh vazir bo‘lgan otasi suiqasd oqibatida o‘ldirilgan


Livan bosh vaziri Sa’d Haririy iste’fo berdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”. Sobiq bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, unga nisbatan suiqasd tayyorlanayotgan bo‘lgan. U Eronni arab mintaqasini izdan chiqarishga urinishda aybladi.

Sa’d Haririy o‘z iste’fosi haqida 4-noyabr, shanba kuni ma’lum qildi. Uning otasi Rafiq Haririy 2005-yili, Livan bosh vaziri sifatida faoliyat yuritayotgan vaqtda suiqasd oqibatida o‘ldirilgan edi.

“Biz hozir Rafiq Haririy o‘limi arafasidagi vaziyatga o‘xshash muhitda yashamoqdamiz. Men hayotimga suiqasd uyushtirish bo‘yicha maxfiy tayyorgarlik olib borilayotganini sezdim”, — dedi Haririy. Uning bayonoti Al Arabia telekanali orqali namoyish etildi.

Haririy shialarniing “Hizbulloh” harakatini keskin tanqid qilib, Eronni “arab dunyosini buzish”ga urinishda aybladi. U “arab jamiyati, o‘tmishda bo‘lgani kabi, isyon ko‘tarib, Eronning qo‘llarini bog‘lab qo‘yishiga” va’da berdi.

Sunniylarning “Mustaqbol” partiyasi yetakchisi hisoblangan Sa’d Haririy 2016-yili o‘z faoliyatida ikkinchi marta Livan bosh vaziri etib tayinlangan edi. Bungacha u 2009—2011-yillarda Livan hukumatiga rahbarlik qilgan.

Опубликовано: admin (4-11-2017, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют