» » Netflix “Qartadan qurilgan uy” serialini aktyor Kevin Speysi ishtirokida suratga olishdan bosh tortdi

Netflix “Qartadan qurilgan uy” serialini aktyor Kevin Speysi ishtirokida suratga olishdan bosh tortdi


Netflix striming servisi “Qartadan qurilgan uy” serialini tegajoqliklar va jinsiy zo‘ravonlikda ayblangan aktyor Kevin Speysi bilan birgalikda suratga olmasligini ma’lum qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

“Agar unda Kevin Speysi qatnashadigan bo‘lsa, Netflix ‘Qartadan qurilgan uy’ni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmaydi. Biz bu shou bilan bog‘liq keyingi qadamlarimizni baholash uchun MRC telekompaniyasi bilan ishlashni davom ettiramiz”, — deyiladi Netflix bayonotida.

Servis, shuningdek, yozuvchi Gor Vidal haqida suratga olinayotgan “Gor” filmini chiqarishdan ham voz kechdi. Kevin Speysi bu filmda aktyor sifatida suratga ham tushayotgan edi, ham film prodyuseri edi.

Serialni yaratish ustida bevosita ish olib boruvchi MRC kompaniyasi Speysining tasvirga olish maydonchasidagi beadab xulqi haqida paydo bo‘lgan axborotdan so‘ng, aktyor loyihadan “chetlatilgani”ni ma’lum qildi.

OAVda serial bosh qahramoni rolini ijro etgan aktyor Kevin Speysiga nisbatan uning tegajoqliklari va jinsiy zo‘ravonligi haqida ayblovlar paydo bo‘lganidan so‘ng, “Qartadan qurilgan uy” serialini suratga olish ishlari to‘xtab qoldi. Aktyorning chidab bo‘lmas xulqi haqida, xususan, serialni tasvirga olish guruhi a’zolari ham aytib o‘tdi. Avvalroq serialning keyingi (oltinchi) fasli loyihada so‘nggisi bo‘lishi aytilgan edi.

Опубликовано: admin (4-11-2017, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют