» » Vyetnamda tayfun sabab 10 dan ziyod odam halok bo‘ldi

Vyetnamda tayfun sabab 10 dan ziyod odam halok bo‘ldi


Vyetnamning markaziy viloyatlariga 4-noyabr, shanba kuni yopirilgan tayfun 11 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, ko‘plab odamlar bedarak yo‘qolgan, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Xabar berishlaricha, kuchli shamol Danang shahri plyajlari yoqasidagi asosiy ko‘chalardan biridagi reklama lavhalarini uchirib yuborgan.

Bu shahar 6—11-noyabr kunlari Osiyo—Tinch okeani mintaqasi iqtisodiy hamkorligi sammitiga mezbonlik qilishi, shaharga, jumladan, AQSh prezidenti Donald Tramp, Xitoy rahbari Si Szinpin, Rossiya yetakchisi Vladimir Putin, Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe va boshqa ko‘plab nufuzli shaxslar kelishi kutilayotgan edi.

Mahalliy ma’muriyat tayfun, suv toshqinlari yoki sunami yuz bergudek bo‘lsa, sammit ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha bir necha rejalarni ishlab chiqqan. Xabar berishlaricha, Vyetnam markaziy viloyatlaridagi kuchli yomg‘ir va shamollar yana bir necha kun davom etishi mumkin.

Опубликовано: admin (4-11-2017, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют