» » Toshkent metrosi uchun yangi harakatlanuvchi tarkiblar O‘zbekistonda ishlab chiqariladi

Toshkent metrosi uchun yangi harakatlanuvchi tarkiblar O‘zbekistonda ishlab chiqariladi


Toshkentda qurilishi boshlangan yer usti halqa metrosining barcha harakatlanuvchi tarkiblari O‘zbekistonda ishlab chiqariladi. “Gazeta.uz”ning xabar berishicha, bu haqda “Toshkent metropoliteni” rahbari Oybek Xudoyqulov ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, vagonlarni ishlab chiqarish bilan Toshkent vagonsozlik zavodi shug‘ullanadi.

“Ushbu masala yuzasidan biz Rossiyadagi ikkita zavodda bo‘ldik. Bizda yo‘lovchi vagonlarini ishlab chiqarish bo‘yicha zavod bor, biz o‘zimiz ishlab chiqaramiz”, — dedi u.

Oybek Xudoyqulovning qo‘shimcha qilishicha, Toshkent metrosining eski vagonlari to‘liq restavratsiya qilinib, qayta ta’minlab chiqilgan. Shu bois bu vagonlarning “umri” yana 15 yilga uzaytirilgan.

Опубликовано: admin (4-11-2017, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют