» » Omurbek Babanov: Barcha falokatlarda meni ayblash, menga shaytoniy xislatlarni yopishtirish, tuhmat qilish kerak emas

Omurbek Babanov: Barcha falokatlarda meni ayblash, menga shaytoniy xislatlarni yopishtirish, tuhmat qilish kerak emas


Qirg‘iziston parlamenti deputati Omurbek Babanov Bosh prokuratura qo‘zg‘agan jinoiy ish bo‘yicha o‘z murojaatini e’lon qildi, deb yozadi KNews.

“Bugun biz menga qarshi butunlay uydirma bo‘lgan siyosiy jinoiy ish qo‘zg‘agan huquq-tartibot organlarining asossizligiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Buning soxtaligi ochiq ko‘rinib turibdi, va bu har bittamizga ma’lum.

Afsuski, menga bunday mantiqsizlikka imkon bermaydigan barcha islohotlarni amalga osirishga yo‘l berishmadi.

Hokimiyat tepasidagilar barcha muammolarning manbai Babanov emasligini tushuna olmayapti. Ular meni siyosiy maydondan bartaraf etishgani bilan, mamlakatdagi hayot yaxshilanib qolmaydi, muammolar hal bo‘lmaydi.

Barcha falokatlarda meni ayblash, menga shaytoniy xislatlarni yopishtirish, tuhmat qilish kerak emas. Haqiqat baribir yuzaga chiqadi…

Hukumatdan o‘ylab ko‘rishni so‘rayman, axir har qanday adolatsizlik oxir-oqibat yuzaga chiqadi, o‘tgan yillarning xatolarini takrorlamang. Xolis bo‘ling, aks holda mamlakatda biz ko‘p yillardan buyon qochishga harakat qilayotgan avtokratiya o‘rnatiladi!”

Опубликовано: admin (5-11-2017, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют