» » La Liga. “Barselona” 10-g‘alabasini “Sevilya” ustidan qo‘lga kiritdi. Qutqaruvchi rolida Pako Alkaser

La Liga. “Barselona” 10-g‘alabasini “Sevilya” ustidan qo‘lga kiritdi. Qutqaruvchi rolida Pako Alkaser


Ispaniya La Ligasining 11-turida mag‘lubiyatsiz davom etib kelayotgan uch klubning barchasi g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi.

Kataloniyaliklardan keyin ikkinchi bo‘lib turgan “Valensiya” o‘z maydonida yirik hisobda zafar quchdi. Ortda qolgan 11 ta o‘yinda 30 ta gol urgan valensiyaliklar, sermahsullik borasida “Barselona” bilan bir xil ko‘rsatkichga ega. Ochkolar farqi esa 4 tani tashkil etadi — “Barselona” foydasiga.

Kecha — 4-noyabr kuni Ernesto Valverde shogirdlari La Liga markaziy o‘yinida “Sevilya”ni qabul qilib, 2:1 hisobida ustun keldi. Bellashuvda “Kamp Nou” egalarini Pako Alkaser tomonidan qayd etilgan dubl qutqarib qoldi. Uchrashuv bosh hakami faqatgina 1 ta futbolchini ogohlantirdi — Lionel Messi.

Diyego Simeone boshqaruvidagi “Atletiko” g‘alabalari sonini duranglaridan oshirib oldi. Madridliklar mavsumdagi oltinchi durang arafasida turgandi. Tomasning so‘nggi daqiqadagi goli jamoa joniga oro kirdi.

Bugun — 5-noyabr kuni Madridning “Real” klubi o‘z maydonida “Las-Palmas” futbolchilarini qabul qiladi.

Ispaniya La Ligasi

11-tur bellashuvlari

3-noyabr, juma

Gollar: Markel Bergara, 18 (0:1). Fransisko Portilyo, 34 (0:2). Antonio Sanabriya, 68 (1:2). Riyod Budebuz, 87 (2:2).

4-noyabr, shanba

Gollar: Daniel Parexo, 14 (1:0). Rodrigo, 71 (2:0). Santi Mina, 82-pen (3:0).

Gol: Tomas, 91+ (0:1).

Gol: Kristian Santos, 1 (1:0).

Chetlatish: Mario Ermoso, 39 (E).

Gollar: Pako Alkaser, 23 (1:0). Gvido Pisarro, 59 (1:1). Pako Alkaser, 65 (2:1).

5-noyabr, yakshanba

“Levante” — “Jirona” — 16:00

“Selta” — “Atletik” — 20:15

“Real Sosyedad” — “Eybar” — 22:30

“Vilyarreal” — “Malaga” — 22:30

“Real Madrid” — “Las-Palmas” — 00:45 Futbol-TV

Опубликовано: admin (5-11-2017, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют