» » Chechenistonlik “KVN”chilar Qodirovga iPhone X sovg‘a qildi (video)

Chechenistonlik “KVN”chilar Qodirovga iPhone X sovg‘a qildi (video)


Checheniston rahbari Ramzan Qodirov so‘nggi modeldagi iPhone smartfonidan foydalanishi haqidagi axborotni rad etgach, “KVN”ning NK Production jamoasi unga yangi iPhone X sovg‘a qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Qodirov ijtimoiy tarmoqlarga yozishicha, “KVN”chilar unga yarim tunda qo‘ng‘iroq qilib, muhim ishlari borligini, u bilan uchrashmoqchi ekanligini aytgan. Yuzma-yuz ko‘rishgach, ular Qodirov iPhone X ishlatmasligini ma’lum qilganidan keyin, unga shu smartfonni hadya qilishga qaror qilganliklarini aytdi.

“Ramzan akamizda eng yaxshi narsalar bo‘lishi kerak, shuning uchun yigitlar bilan pul tashlab, shu telefonni sovg‘a qilishga qaror qildik”, — dedi “KVN”chilardan biri.

“Ularni nima ham qila olarding. Xuddi yosh boladek! Ularga eshikni orqasidan yopib qo‘yishni aytmayman-ku axir! Shunday qilsam, keyin bir yil davomida ularning hazillari qahramoniga aylanaman. Men sovg‘ani oldim, ammo uni Xalq birligi kunida Rossiya prezidenti Vladimir Putin haqida eng yaxshi she’rni aytib bergan kishiga beramiz”, — deb yozdi Qodirov.

Respublika rahbari Xalq birligi kuni munosabati bilan Putinga bag‘ishlangan she’rlar tanlovini e’lon qildi, g‘olibni Checheniston yoshlar vazirligi aniqlaydi.

Опубликовано: admin (5-11-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют