» » Bundesligada hammasi o‘rniga tushdi. Yupp Xaynkes “Bavariya”ni eski mavqesiga qaytara oldi

Bundesligada hammasi o‘rniga tushdi. Yupp Xaynkes “Bavariya”ni eski mavqesiga qaytara oldi


Germaniya Bundesligasining 11-turida chempionlik uchun da’vogar bo‘lgan ikki klub — “Borussiya Dortmund” va “Bavariya” o‘zaro to‘qnash keldi.

Uchrashuvning “Signal Iduna Park” arenasida o‘tishi dortmundliklar foydasi uchun xizmat qilishi mumkin edi. Biroq asosiy raqibga qarshi bellashuvda Peter Bosh shogirdlari bir ishning uddasidan chiqa olmadi. Muxlislar tashrifi borasida Yevropaning eng yaxshi stadioni bo‘lgan arena shu kuni “Borussiya”ning yirik mag‘lubiyatiga guvoh bo‘lishi mumkin, agar Mark Bartra 3 ta golga bir marta javob qaytara olmaganida.

Vaholanki, dortmundlik futbolchilar mavsumni dahshatli ko‘rsatkichlar bilan boshlagandi. “Bavariya” esa muammo bosh murabbiy Karlo Anchelottida degan qarorga kelib, italiyalik mutaxassisga chiqish eshiklarini ko‘rsatdi. Yupp Xaynkesning qaytarilishi chindan ham ijobiy natijalarga sabab bo‘lmoqda. Uning boshqaruvida “Bavariya” yo‘lidan chiqqan raqibni taslim etayotgani bor gap.

O‘tgan mavsum vitse-chempioni “Leyptsig”ni ham oson bo‘lmagan o‘yin kutib turgandi. Kuchli uchlikka kirishga intilayotgan jamoaga qarshi o‘yinni “buqalar” g‘alaba bilan yakunlay oldi va “Borussiya”ni quvib o‘tib ketdi.

Germaniya Bundesligasi

11-tur bellashuvlari

4-noyabr, shanba

Gollar: Jonatas, 56 (0:1). Yussuf Poulsen, 70 (1:1). Timo Verner, 86 (2:1).

Gollar: Aryen Robben, 17 (0:1). Robert Levandovski, 37 (0:2). David Alaba, 67 (0:3). Mark Bartra, 88 (1:3).

5-noyabr, yakshanba

“Kyoln” — “Xoffenxaym” — 19:30

Опубликовано: admin (5-11-2017, 10:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют