» » IIBB: Toshkent shahrida Xellouin o‘tkazilishi taqiqlanmadi

IIBB: Toshkent shahrida Xellouin o‘tkazilishi taqiqlanmadi


Toshkent shahar IIBB poytaxtda Xellouin o‘tkazilishi taqiqlangani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda “Repost.uz” xabar bermoqda.

Boshqarma vakiliga ko‘ra, 31-oktabr kuni poytaxtda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan, biroq mazkur bayram nishonlanishini man etish va kafe, bar, restoranlarni yopish haqida ko‘rsatma berilmagan.

“Kuzatishlarimizga ko‘ra, aynan shu kuni yoshlar tomonidan jamoat tartibini buzish holatlari ko‘payadi. Ulardan ko‘pchiligi ushbu bayram munosabati bilan ko‘ngilochar maskanlarda kechgacha qolib ketadi, spirtli ichimliklar iste’mol qiladi va bu huquqbuzarliklar soni ko‘payishiga olib keladi. O‘z navbatida, huquq-tartibot idoralari shunday hodisalarni bartaraf etish va bezorilarni qo‘lga olishga qaratilgan choralarni amalga oshiradi”, — ta’kidladi IIBB xodimi.

Опубликовано: admin (5-11-2017, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют