» » Mas’ul xodim: Siqilgan gazdan faqat ovqat tayyorlashda foydalanish uni tejashga yordam beradi

Mas’ul xodim: Siqilgan gazdan faqat ovqat tayyorlashda foydalanish uni tejashga yordam beradi


“Zarafshon” gazetasi “O‘ztransgaz” AJ Samarqand viloyat gaz bilan ta’minlash filiali direktori Shavqiddin G‘afforov bilan suhbatlashib, aholini qiziqtirayotgan bir nechta savollarga javob oldi.

Xususan, qish paytida aholidan siqilgan gaz ko‘zda tutilgan muddatidan oldin tugashi bilan bog‘liq shikoyatlar tushishiga mas’ul xodim quyidagicha javob berdi:

“Aholiga siqilgan gaz yetkazib berish hajmi yil sayin oshib bormoqda. Masalan, joriy yilning o‘tib borayotgan oyida siqilgan gazga bo‘lgan talab 3749 tonnani tashkil qildi, bu esa 2016-yilning shu davriga nisbatan 449 tonnaga ko‘p deganidir.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining topshirig‘iga binoan, qo‘shimcha 827 tonna siqilgan gaz ajratildi. Bu jamg‘arma hududlardagi iste’molchilar soniga qarab taqsimlanadi. Mazkur jarayon qat’iy nazorat ostida bo‘lgani uchun gaz ballonlarini gaz quyish shaxobchalarida to‘ldirish mumkin emas.

Siqilgan gazni iste’molchilarga yetkazib berish reja bo‘yicha va maxsus mashinalarda amalga oshiriladi.

Darhaqiqat, siqilgan gaz ayniqsa qishda muddatidan avval tugayotgani bilan bog‘liq shikoyatlar ko‘p uchraydi.

Eslatib o‘taman, siqilgan gaz faqat ovqat tayyorlash uchun mo‘ljallangan, undan uyni istish maqsadida foydalanilganida esa gazning muddatidan oldin tugashi bilan bog‘liq muammolar yuzaga keladi”.

Опубликовано: admin (5-11-2017, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют