» » Afg‘oniston sharqida “Tolibon”ning to‘rt jangarisi yo‘q qilindi

Afg‘oniston sharqida “Tolibon”ning to‘rt jangarisi yo‘q qilindi


Afg‘oniston sharqidagi Paktiya viloyatida uchuvchisiz uchish qurilmasi yordamida berilgan zarba natijasida Tolibon harakatining kamida to‘rt nafar jangarisi, jumladan, dala qo‘mondonlaridan biri yo‘q qilindi. Bu haqda “Sinxua” agentligi ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

“Mulla Foruq toliblarning Paktiya viloyati ma’muriy markazi Gardez shahridagi dala qo‘mondoni edi. Uning o‘limi Paktiya va qo‘shni Xost viloyatidagi jangarilar uchun jiddiy zarba bo‘lishi mumkin”, — ta’kidladi mahalliy ma’muriyat vakili.

Agentlikka ko‘ra, 4-noyabr, shanba kuni NATO uchuvchisiz uchish qurilmalari zarbasi tufayli Nangarxar viloyatida IShIDning 15 nafar jangarisi ham o‘ldirildi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (5-11-2017, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют