» » Qirollik oilasidagi tarbiyaning 12 prinsipi

Qirollik oilasidagi tarbiyaning 12 prinsipi


Ko‘pchilikning xayolida qirollarning bolalari ipak yostiqlarda uxlaydi, oltin likopchalarda ovqat yeydi va butun kunini xohlaganidek o‘yinqaroqlik bilan o‘tkazadi, degan fikr bo‘ladi. AdMe bu borada dunyodagi mashhurlar hayotini o‘rganishga qaror qildi. Nashr Kembrij gersogi Uilyam va gersoginasi Ketrin o‘z bolalari — Jorj va Sharlottani qanday tarbiyalayotganiga qiziqdi.

Kembrij gersoglari oilasida bolalarga qarashda yordam beruvchi faqat bitta enaga bor. Ovqatlantirish, cho‘miltirish va sayrga olib chiqish bilan bog‘liq barcha majburiyatlar ota-ona tomonidan bajariladi.

Qirolicha Yelizavetaning evaralari yoshligidanoq har qanday odamning mehnati, xoh onasi tomonidan tayyorlangan kechki ovqat, xoh oqsochlarning ishi qadrini yaxshi tushunadi. Shuning uchun, Jorj va Sharlotta ovqatdan bosh tortish mumkin emasligini biladi, tushib ketgan narsalarni esa o‘zlari yig‘ishtirib oladi.

To‘rt yoshli Jorj allaqchon singlisiga g‘amxo‘rlik qilmoqda. Bolalar kichikligidanoq oila tarixini yaxshi biladi va tez-tez buvisi, malika Diana qabrini ziyorat qiladi. Keyt va Uilyam ko‘proq vaqtini bolalar bilan o‘tkazishga harakat qiladi.

Keyt va Uilyam o‘z farzandlarida hissiy intellektni faol rivojlantirmoqda.

Kitob o‘qish — Jorjning sevimli mashg‘uloti. Keyt esa bolalarni tez-tez ko‘rgazma va muzeylarga olib boradi.

Gersog va gersogina mashhur sport ishqibozlari sanaladi: Keyt chim ustidagi xokkeydan zavq oladi, Uilyam esa futbol, basketbol va polo o‘ynaydi. Biroq shahzoda Jorj va malika Sharlottada hali sportga alohida qiziqish uyg‘ongani yo‘q. Ota-onaning ishonchi komilki, ular, albatta, sport bilan shug‘ullanadi.

Bolalar aniq biladiki, ommaviy tadbirlarda va jamoat joylarida o‘zini yomon tutish va injiqlik qilish u yerdan chetlatilish bilan jazolanadi. Jorj bir necha marta bolalar maydonchasida bu qoidani buzishga urinib ko‘rgan va natijada darhol uyga jo‘natilgan.

Ular hozircha hech narsani sindirgani yo‘q, biroq doimo bunga harakat qiladi. Jorj yuguradi, narsalarga uriladi, uy bo‘ylab sakraydi. Vaqt o‘tishi bilan hammasi o‘z joyiga tushadi.

Gersog va gersogina hech qachon jismoniy jazo qo‘llamaydi. Ular o‘zlarining shaxsiy metodlarini qo‘llaydi.

Shahzoda Jorj va malika Sharlotta ko‘p vaqtini ko‘chada, o‘tloqda yugurib, velosipedda uchib o‘tkazadi. Bolalarga elektron qurilmalarni olish qat’iy taqiqlangan. Ota-onaning fikricha, bunday narsalar bolalar katta bo‘lgunicha kutib turishi mumkin.

Gersoglar oilasida televizor tomosha qilishga ruxsat etilgan, biroq buning uchun ham qat’iy vaqt ajratilgan.

Oilada yangi zamonaviy narsalar sotib olinmaydi. Shahzoda Jorj va malika Sharlotta ko‘pincha ota-onasining kiyimlarini kiyadi, hatto Garri amakisining buyumlari ham bor.

Опубликовано: admin (6-11-2017, 08:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют