» » Forbes talqini bo‘yicha dunyoning eng ta’siri kuchli ayollari reytingining eng yosh ishtirokchilari

Forbes talqini bo‘yicha dunyoning eng ta’siri kuchli ayollari reytingining eng yosh ishtirokchilari


Amerikaning Forbes jurnali versiyasi bo‘yicha dunyoning 100 nafar eng ta’siri kuchlari ayollari reytingiga 40 yoshgacha bo‘lgan to‘qqiz ishtirokchi kirdi, ya’ni ularning ulushi 10 foizdan kamroq, deb yozadi Forbes.

Ular orasida bir nafar rossiyalik bor — RT bosh muharriri bo‘lgan Margarita Simonyan. Ro‘yxatning eng yosh qatnashchisi 27 yoshli amerikalik qo‘shiqchi Teylor Svift bo‘ldi, u o‘ta muvaffaqiyatli albomlari va videokliplari bilan maqtana oladi.

Shu bilan birga, ushbu to‘qqizlikka kirgan ayollar orasida shou-biznes, siyosat, texnologiya, matbuot kabi turli sohalar hamda AQSh, Hindiston, Rossiya, Yangi Zelandiya va Xitoy kabi turli mamlakatlar vakillari bor. Ularning yarmidan ko‘pi AQSh hisobiga to‘g‘ri keldi.

Ro‘yxatning ikkinchi o‘rnida Mark Sukerbergning rafiqasi, filantrop Prissilla Chan (32 yosh), uchinchi o‘rnida — Gollivudda o‘z o‘rniga ega bo‘layotgan hind aktrisasi Priyanka Chopra (35), to‘rtinchi pog‘onasida esa — Donald Trampning qizi, siyosatchi Ivanka Tramp joylashdi.

Keyingi pog‘onalarni amerikalik qo‘shiqchi Beyonse (36), Hindistonning texnologiya sohasidagi HCL Technologies kompaniyasi rahbari Roshni Nadar Malotra (36), Yangi Zelandiyaning yaqinda saylangan bosh vaziri Jasindra Ardern (37), RT bosh muharriri Margarita Simonyan (37), Xitoyning Didi Chuxing startapi prezidenti Jin Liu (39) egalladi.

Опубликовано: admin (6-11-2017, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют