» » Janubiy Koreya Trampning tashrifi oldidan KXDRga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

Janubiy Koreya Trampning tashrifi oldidan KXDRga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi


Janubiy Koreya hukumati AQSh prezidenti Donald Tramp tashrifi arafasida KXDRning yana 18 fuqarosiga nisbatan sanksiyalar joriy qildi, deb yozadi “RBK”.

Reuters aniqlik kiritishicha, cheklovlar qo‘yilgan shaxslar bevosita Shimoliy Koreya banklariga aloqador bo‘lgan. Ularning 14 nafari Xitoyda, ikki nafari Liviyada va yana ikki nafari Rossiyada. “Ularning barchasi allaqachon BMT sanksiyalariga uchragan KXDR moliyaviy muassasalari odamlari”, — deya Reuters hukumatdagi manbasi so‘zlarini keltirdi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bu odamlar KXDRning raketa va yadro dasturlari, shuningdek, Pxenyanning tashqi iqtisodiy faoliyatiga aloqador “oliy mansabdor shimoliy koreyaliklar”dir.

Koreya Respublikasi ichki ishlar vazirligi yangi sanksiyalar Trampning tashrifiga “bag‘ishlangani”ni tasdiqladi.

Опубликовано: admin (6-11-2017, 11:01)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют