» » Yaponiya imperatori Tramp va uning rafiqasini qabul qildi

Yaponiya imperatori Tramp va uning rafiqasini qabul qildi


Yaponiya imperatori Akixito va uning turmush o‘rtog‘i Mitiko 6-noyabr, dushanba kuni o‘z qarorgohida AQSh prezidenti Donald Tramp va uning rafiqasi Melaniyani qabul qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

“O‘tmishda mamlakatlarimiz bir-biriga qarshi urushda ishtirok etgandi. Biroq Yaponiya AQSh bilan do‘stona munosabatlari va ko‘magi tufayli hozirgi holatida bo‘lib turibdi”, — dedi imperator uchrashuv chog‘ida.

Tramp “butun yapon xalqi sevadigan imperator bilan uchrashish uning uchun katta sharaf ekanligi”ni ma’lum qildi.

“AQSh va Yaponiyaning bugungi munosabatlari shu paytgacha bo‘lganlari ichida eng yaxshisi”, — dedi Qo‘shma Shtatlar prezidenti.

Akixito Trampning Yaponiyaga tashrifi qanday o‘tayotgani bilan qiziqdi. Uchrashuv, rejalashtirilganidek, 30 daqiqa davom etdi.

Опубликовано: admin (6-11-2017, 12:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют