» » Dinozavrlarning qirilib ketishiga olib kelgan asteroid Yer iqlimini tubdan o‘zgartirib yuborgani aniqlandi

Dinozavrlarning qirilib ketishiga olib kelgan asteroid Yer iqlimini tubdan o‘zgartirib yuborgani aniqlandi


Olimlar bundan 66 million yil oldin Yerga tushgan, diametri 12 kilometrga teng asteroidning global iqlimga yetkazgan ta’siri bo‘yicha aniqroq tasavvurga ega bo‘ldi, deb xabar berdi “Nauka”.

Ushbu asteroidning tushganini Meksikadagi Chiksulub krateri isbotlaydi. Hodisa oqibatida Mel-paleogen qirilish vujudga kelgan, atmosfera oltingugurt va karbonat angidrid gaziga to‘lgan.

Buni aniqlash uchun AQSh Planetologiya instituti va London Imperial College’i mutaxassislari asteroid zarbasi va u keltirib chiqargan oqibatlarning batafsil modelini yaratdi.

To‘qnashuv 60 gradus burchak ostida, kamida soniyasiga 1 kilometr tezlikda sodir bo‘lgan. Bu nafaqat dinozavrlarning qirilib ketishiga sabab bo‘lgan, balki atmosferaga 300 milliard tonnadan ortiq oltingugurt va 400 milliard tonnadan ortiq karbonat angidrid gazi tushgan. Shuningdek, bir necha yil global past harorat kuzatilgan.

Gazlarning bu qadar hajmi havo haroratini 26 gradus Selsiyga tushurib yuborgan va bu kabi holat uch yil davom etgan.

Опубликовано: admin (6-11-2017, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют