» » Shavkat Mirziyoyev: Sharof Rashidov butun borlig‘i bilan sevgan adabiyotga hamisha sodiq qoldi

Shavkat Mirziyoyev: Sharof Rashidov butun borlig‘i bilan sevgan adabiyotga hamisha sodiq qoldi


Jizzaxda bugun, 6-noyabr kuni atoqli davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligi doirasida unga bag‘ishlangan haykalning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi O‘zA.

Marosimda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sharof Rashidovning xalq manfaatlari yo‘lidagi ulkan xizmatlari haqida nutq so‘zladi.

“Sharof Rashidov umr bo‘yi o‘z xalqiga, barcha sof niyatli insonlarga yaxshilik qilib, ularni ulug‘ maqsadlar yo‘lida birlashtirib, ezgu ishlarga safarbar etib yashadi. Bu oliyjanob, donishmand va bag‘rikeng inson, qanday suronli sinovlarga duch kelgan bo‘lmasin, yuksak gumanistik g‘oyalarga doimo sodiq bo‘lib, xalqimiz qalbida yaxshi nom, so‘nmas xotira qoldirdi. Sharof Rashidov respublika rahbari sifatida zimmasidagi ulkan vazifalarga qaramasdan, o‘zi butun borlig‘i bilan sevgan adabiyotga hamisha sodiq qoldi. U o‘zining betakror iste’dodi bilan ezgu qadriyatlarni tarannum etgan roman va qissalar, she’r va dostonlar, publitsistik maqolalar yaratdi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Tadbirda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Oqil Salimov, mehnat faxriysi Ismoil Jo‘rabekov, uchuvchi-kosmonavt Vladimir Jonibekov, mehnat faxriysi Qallibek Kamalov, Sharof Rashidovning qizi, akademik Sayyora Rashidova va boshqalar Sharof Rashidov bilan bog‘liq xotiralari, u kishining hayoti va faoliyati haqida so‘zladi.

Sharof Rashidov haykalini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Sharof Rashidovning qizi Sayyora Rashidova ochdi.

Sharof Rashidov haykali poyiga gullar qo‘yildi.

Опубликовано: admin (6-11-2017, 14:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют